O‘zbekiston kreativ va media sanoatining eng mashhur vakillari Uzbekistan’s club media rezidentiga aylandi
Xorijda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklarni bir global maydonda birlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Uzbekistan’s club onlayn platformasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda loyiha jamoasi ma’lum qildi.
Uzbekistan’s club bu xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan o‘zbekistonliklarni bir yerga jamlash maqsadida yaratilgan global platforma. Eksklyuziv va yuqori sifatli, ta’sirchan kontent yoshlarga motivatsiya ulashadi, ko‘p tarmoqli loyihalarimiz esa ularga jahon toifasidagi mutaxassis bo‘lib yetishishda yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday muvaffaqiyat qozongan o‘zbekistonliklar dunyoda juda ko‘plab topiladi. Ammo ularni birlashtirib turuvchi yagona platforma shu kunga qadar yaratilmagan edi. Shularni inobatga olib jamoa shu kabi odamlarni birlashtiruvchi va O‘zbekiston bilan aloqalarda ko‘prik sifatida xizmat qiluvchi platformani yaratdi.
Uzbekistan’s club platformasini O‘zbekistondagi kreativ va media sanoatning eng taniqli shaxslari, jurnalistlar va blogerlar ham qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda. Ular Uzbekistan’s club platformasida media rezidentlar sifatida ro‘yxatdan o‘tishgan. Bugungi kunga kelib 20ga yaqin media rezidentlar Uzbekistan’s club jamoasiga qo‘shilishgan. Jumladan xonanda Lola, aktyor Alisher Uzoqov, blogerlar Aziza Umarova, Aqida Hanum, Xushnudbek Xudoyberdiyev, jurnalistlar Qobil Xidirov va Navbahor Karimovalarni misol qilib keltirish mumkin.
Insta-bloger, vayner, klub media rezidentlaridan biri bo‘lgan Temur Alixanov Uzbekistan’s club va uning O‘zbekistonlik loyihasi haqida gapirarkan: «Bu – bir lagan palov yoki ota-bobolarimizdan qolgan tarixiy obidalar emas, aksincha o‘zini yangidan kashf qilayotgan, qiyinchiliklarni sabr bilan yengib, yangiliklar va maqsadlar sari intilayotgan yoshlar, ya’ni biz», – deya fikr bildirib o‘tdi.
«O‘zbekistonlik – jangchi, o‘zbekistonlik – g‘olib. Bizning davrimiz keldi. Shuning uchun ham bu loyihani qo‘llab-quvvatlash lozim deb hisoblayman», – degan yana bir klub media rezidenti, bloger Nikita Makarenko.
Uzbekistan’s club jamoasini O‘zbekistonning yirik kompaniyalari qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Jumladan, Pepsi savdo belgisi, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Ucell aloqa operatori, Anorbank va Orient Group kompaniyalari loyihani qo‘llab-quvvatlab, ularga turli ko‘rinishda ko‘mak berib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter