Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston JSTga a’zolik yo‘lida Xitoy bilan ham muzokaralarini yakunladi

O‘zbekiston JSTga a’zolik yo‘lida Xitoy bilan ham muzokaralarini yakunladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi.

«Pekin shahriga juda qisqa, biroq samarali tashrif bo‘ldi. Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama muzokaralar nihoyasiga yetdi.

Fursatdan foydalanib XXR Tijorat vazirligi, vazir o‘rinbosari Li Fey, departament direktori Li Defeng janoblari va butun jamoaga konstruktiv muloqot uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz», – deb yozdi O‘runov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O‘zbekiston vakilining qayd etishicha, joriy yil yakunida Jahon savdo tashkilotiga a’zolik buyicha ikkita eng yirik global savdo egalari – AQSh va Xitoy bilan muzokalar tugallandi.

«22 ta mamlakat bilan muzokaralar tugadi, ko‘p qolmadi!» – deydi O‘zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring