Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin

Endi o‘zbekistonliklar Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin

Endi O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin. Tegishli bitim ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

«O‘zbekiston va Xitoy Davlat Rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida bugun hamkasbim bilan birgalikda fuqarolarimizga ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi Bitimni imzoladik», – deb yozadi Saidov.

TIV rahbarining ta’kidlashicha, ushbu hujjat ikki tomon aloqalarini yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring