O‘zbekiston Janubiy Koreya va Chexiyadan poyezdlar xarid qiladi
O‘zbekiston Janubiy Koreya va Chexiyadan poyezdlar sotib oladi.
Jumladan, Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasidan 6 ta yuqori tezlikda harakatlanadigan elektr poyezdi xarid qilinadi.
Buning uchun Janubiy Koreyaning Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamg‘armasidan 35 yil muddatga 185 mln yevro qarz olinadi.
Kredit 10 yillik imtiyozga ega bo‘lib, yillik 0,1 foiz ustama bilan jalb qilinadi.
Shuningdek, hukumat Skoda Transportation kompaniyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali 30 ta zamonaviy elektr poyezdlar xarid qiladi. Buning uchun Chexiya tijorat banklaridan 350 mln yevrolik kredit 5,5 foizlik ustama bilan jalb qilinadi. Ikkala kredit ham hukumat kafolati ostida olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter