O‘zbekiston-Iroq o‘yinida noxush holatlar kuzatildi
11-iyun kuni bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo Kubogi—2022 musobaqasining 1/4 finali doirasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Iroq bilan bahsi natijasi sizga ma’lum.
Natija bizni qanchalik quvontirmasin, uchrashuvda bir qancha noxushliklar kuzatildi.
Jumladan, termamiz darvozaboni qizil kartochka olib chiqib ketib, Iroq penaltidan gol urgan vaqtda ayrim muxlislar stadionda tosh va sement bo‘laklarini uloqtirgan.
Otilgan toshlar (yoki sement bo‘laklari) natijasida fotomuxbir salkam hushini yo‘qotgan, xorijlik operatorning esa boshi yorilgan.
O‘yindan keyin Iroq murabbiyi ham bu holatga keskin e’tiroz bildirgan.
OFK hozircha ushbu hodisalar yuzasidan rasmiy qaror qabul qilganicha yo‘q, ammo vaziyatni o‘rganayotgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter