O‘zbekiston, import: «inomarka»lar kamaydi, elektromobillar esa oshmoqda
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatdan qiymati 58,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 193 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 847 taga kamaygan.
Shuningdek, 2023-yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 13 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 389 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 266 taga oshgan.
O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:
— Xitoy – 346 ta
— Gonkong – 29 ta
— Germaniya – 8 ta
— BAA – 3 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter