Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelyapti

O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelyapti

Joriy yilning 12-14-oktyabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati ma’lum qilmoqda.

12-13-oktyabr kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 13-oktyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

13-14-oktyabrda havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring