Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston g‘aznasiga o‘tgan 9 oy mobaynida qancha soliq undirilgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston g‘aznasiga o‘tgan 9 oy mobaynida qancha soliq undirilgani ma’lum qilindi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 9 oyida budjetga 110 trillion so‘m soliq undirilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi Hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanganishicha, bu yilgi tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 trillion 2 milliard so‘mga ko‘p.

«Tushumlarning o‘sishida yangi joriy etilgan instrumentlar ning hissasi sezilarli darajada bo‘ldi. Xususan, QQS to‘lovchilarini soliq xavfiga qarab avtomatik segmentlash va QQS zanjiri uzilishini hisoblash mexanizmi, hisobiga — 4 trillion 1 milliard so‘m QQS tushdi. Shuningdek, 2 mingga yaqin korxonaning 1 trillion 9 milliard so‘mlik QQS zanjirida uzilishlar bo‘lganligi sababli budjetdan asossiz mablag‘larni qaytarib olishining oldi olindi», — deyiladi qo‘mita axborotida.

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomiga rioya etilishi bo‘yicha rag‘batlantirish institutining («Cashback» va «Soliq» mobil ilovasi) tovar aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 161 foizga o‘sgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Hay’at yig‘ilishida xizmat faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 17 nafar DSI rahbar-xodimiga maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish, hayfsan va ogohlantirish kabi intizomiy jazo choralari tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring