Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga borganidan so‘ng 7 kun ichida migratsiya hisobidan o‘tishlari shart

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga borganidan so‘ng 7 kun ichida migratsiya hisobidan o‘tishlari shart

Foto: «iz.ru»

Hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarini migratsiya hisobiga olish umumiy qoidalarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Rossiya davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab yetti ish kunidan kechikmay kelganlik to‘g‘risida ma’lum qilish lozim. Bu haqda O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti xabar qilmoqda.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston fuqarolarini migratsiya hisobiga qo‘yish muddati Rossiya hududiga kirgandan boshlab 7 ish kunini tashkil etadi.

Vazirlikning bildirishicha, O‘zbekiston fuqarolarini dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish boshqa xorijliklar kabi 90 kungacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi, ya’ni, Rossiyada bo‘lishning ruxsat etilgan muddati kelgan vaqtdan boshlab 90 kunni tashkil etadi.

«O‘zbekiston fuqarolari 90 kunlik muddat tugashi bilan Rossiya hududini 3 oyga tark etishlari yoki sabab mavjud bo‘lgan hollarda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish qaydnomasini cho‘zdirishlari lozim», — deyiladi xabarda.

Ilgariroq 2018-yil 25-maydan 25-iyuliga qadar futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilayotgan shaharlarda uch sutka davomida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi amal qilgan edi.

Migratsiya hisobiga olish muddatlarini buzish Rossiya hududidan chiqarib yuborish, kirishga taqiq qo‘yish hamda mintaqaga bog‘liq tarzda 2000 rubldan 7000 rublgacha miqdorda jarima solishga olib kelishi eslatib o‘tilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring