Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatdan yengil avtomobil olib kirgani aytildi

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatdan yengil avtomobil olib kirgani aytildi

2023-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 134,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 026 ta yengil avtomobil import qilgan.

Statistika agentligiga ko‘ra, bu boradagi ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 925 taga kamaygan. 

2 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 2540 ta
  • Koreya – 2081 ta
  • AQSh – 217 ta
  • Yaponiya – 58 ta
  • Gonkong – 56 ta
  • Germaniya – 36 ta
  • BAA – 12 ta

Ma’lumot uchun, 2022-yilda O‘zbekiston 34 ta xorijiy davlatdan 30 mingtadan ortiq yengil avtomobillar import qilgan. Avtomobillar importida asosiy ulushlar Xitoy (11 159 ta), Koreya  (9 414 ta) va Qozog‘iston (7 208 ta)ga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring