O‘zbekiston bugun bosh murabbiysiz maydonga tushadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar sababli «CAFA Nations Cup 2023» turnirining Turkmanistonga qarshi uchrashuvida qatnasha olmaydi.
Bugun, 14-iyun kuni O‘zbekiston - Turkmaniston jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda terma jamoamizni yordamchi murabbiy Alesh Cheh boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun, 14-iyun kuni soat 20:30 da «Bunyodkor» stadionida boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter