O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida imtiyozli savdo bitimi tasdiqlandi

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–65-son, 22.02.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022-yil 29-mart kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter