O‘zbekiston baliqlari Turkiyada
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekiston 5 ta davlatga qiymati 555,8 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 240 tonna baliq va baliq mahsulotlarini eksport qilgan.
Baliq va baliq mahsulotlari eksporti 2020-yilga nisbatan 84,2 tonnaga oshgan.
2021-yilda O‘zbekiston baliq va baliq mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan asosiy davlatlar:
— Turkiya – 164,4 tonna
— Qozog‘iston – 42,3 tonna
— Rossiya – 14,7 tonna
— Tojikiston – 13,1 tonna
— Koreya – 5,6 tonna.
Avvaroq 2021-yilda eng ko‘p baliq ovlangan hududlar to‘g‘risida ma’lumot bergandi.
Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil yanvar-dekabr oylarida respublikamizda 173 866 tonna baliq ovlangan.
Hududlar kesimida ovlangan baliq hajmi:
— Xorazm viloyati – 31 117 tonna
— Samarqand viloyati – 21 982 tonna
— Andijon viloyati – 17 663 tonna
— Qoraqalpog‘iston R. – 14 454 tonna
— Navoiy viloyati – 13 503 tonna
— Jizzax viloyati – 13 139 tonna
— Farg‘ona viloyati – 11 763 tonna
— Buxoro viloyati – 11 421 tonna
— Namangan viloyati – 11 187 tonna
— Toshkent viloyati – 10 222 tonna
— Qashqadaryo viloyati – 6 505 tonna
— Sirdaryo viloyati –5 933 tonna
— Surxondaryo viloyati – 4 977 tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter