O‘zbek artilleriyachilari o‘t ochishning zamonaviy usullarini namoyish etdi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli «Kattaqo‘rg‘on» dala o‘quv maydonida «Hududda otishni tashkil etish va o‘t ochishni boshqarish» bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Artilleriya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘quv yig‘inining amaliy mashg‘ulotlarida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi barcha artilleriya bo‘linmalari mutaxassislari, oliy harbiy ta’lim muassasalarining artilleriya kafedralari vakillari ishtirok etdi.

Taktik mashg‘ulotlar jarayonida shartli kichik qo‘poruvchi guruhlarni aralash divizion kolonnasiga hujum uyushtirish va zarbani qaytarish, minalashtirilgan hudud to‘siqlaridan o‘tish, kabi 7 xil ko‘rgazmali o‘quv joylari tashkil etildi. Amaliy mashg‘ulotlarda to‘xtovsiz o‘t ochishning zamonaviy usuli – artilleriya xalqasi qo‘llanildi. O‘q otish mashg‘ulotlarida yorituvchi va oskolkali-fugasli snaryadlaridan foydalanildi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter