Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston AQShga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston AQShga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi AQSh sobiq davlat kotibi Kolin Pauellning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Amerika Qo‘shma Shtatlarining yirik davlat arboblaridan biri Kolin Lyuter Pauellning 84 yoshida vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

K.Pauell turli yillarda Amerika hukumatida nufuzli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, AQSh Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi sifatida ishlagan.

K.Pauell O‘zbekiston-Amerika aloqalarining o‘rnatilishi va taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan. 2002-yil 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Kolin Pauell Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari haqidagi Deklaratsiyani imzolaganlar. Mazkur hujjat ikki tomonlama munosabatlar tarixida muhim o‘rin tutgan.

Ushbu judolik munosabati bilan marhumning yaqinlari hamda oila-a’zolariga chuqur hamdarlik va ta’ziya izhor etamiz", deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring