Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Va nihoyat, amputantlar terma jamoasi taqdirlanadi

Va nihoyat, amputantlar terma jamoasi taqdirlanadi

O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi binosida futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchilariga Prezident sovg‘alari topshiriladi.

Joriy yilda Turkiyaning Antalya shahri mezbonblik qilgan Jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari 3-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Futbolchilar O‘zbekistonga qaytgach, ularga 10 million so‘m miqdorida pul mukofotlari berilgan edi.

Bugun, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Prezident qaroriga muvofiq,  O‘zbekiston amputantlar terma jamoasining 15 nafar a’zosiga Cobalt avtomobili sovg‘a qilinadi.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi o‘z tarixida 5 marotoba Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring