O‘zbekiston aholisi «yangi tuzoq»dan ogohlantirildi

Telegram messenjerida «Pressa.uz» axborot kanali niqobi ostida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining soxta veb-sayt havolasi bilan birga «oilalarga 655 ming so‘m miqdorida to‘lovlar berilayotgani» haqidagi xabarlar tarqatilmoqda.
Ushbu feyk havola orqali o‘tgan fuqarolardan esa shaxsga doir hamda plastik karta to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritish so‘raladi.
Fuqarolardan bu kabi soxta saytlarga kirmaslikni so‘rab, virtual firibgarlardan ogoh bo‘lish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter