O‘zbekiston aholisi bir yil ichida qanchaga ko‘paygani ochiqlandi
Statistika agentligi O‘zbekiston aholisining oshishi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, 2023-yilning 1-iyul holatiga respublika bo‘yicha jami doimiy yashovchi aholi soni 36 372,3 ming kishini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘paygan.
Shundan:
Ayollar soni – 18 066,0 ming kishi
Erkaklar soni – 18 306,3 ming kishi
Shahar joylarda – 18 557,5 ming kishi
Qishloq joylarda – 17 815,8 ming kishi.
Statistikaga ko‘ra, 2023 yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda 434 519 ta tug‘ilish qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter