O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini to‘xtatdi
Afg‘onistonning energiya tarqatuvchi Da Afghanistan Bereshna Sherkat (DABS) shirkati 15-yanvar, yakshanba kuni O‘zbekistondan import qilinadigan elektr energiyasi texnik muammolar tufayli uzilganini ma’lum qildi.
DABS rasmiysi Safiulloh Ahmadzayning aytishicha, Islom Amirligi rasmiylari O‘zbekiston rasmiylari bilan mamlakatga elektr ta’minotini qayta ulash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ahmadzayning ma’lum qilishicha, ikki hafta oldin O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni uzaytirgan edi.
Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘onistonga qishda 450 megavatt elektr energiyasi yetkazib berishi kerak, bu esa 100 million dollarga tushadi.
Afg‘oniston rasmiysiga ko‘ra, mamlakatga elektr energiyasi qachon qaytadan ulanishi aniq emas.
«Biz O‘zbekistondan Afg‘onistonga qachon elektr energiyasini ulashi haqida ijobiy javob olmadik», – deya qo‘shimcha qilgan u.
DABS ma’lumotlariga ko‘ra, Kobul elektr energiyasi uchun import uzatish liniyalari 2008-yilda qurilgan va 300 megavatt quvvatga ega, ayni paytdagi Kobul esa 700 megavattdan ortiq quvvatga muhtoj.
Ahmadzay Kobuldagi elektr quvvati taqchilligini bartaraf etish maqsadida Taraxil issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirilganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter