O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasidagi voqea haqida rasmiy xabar berildi
2022-yilning 21-avgust kuni Payg‘ambar oroli hududida (Surxondaryo viloyati) davlat chegarasini buzib o‘tgan va o‘z qayiqlarida mazkur orolga kelib tushgan bir guruh afg‘onistonlik fuqarolar aniqlangan. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari rasmiy kanali xabar berdi.
Voqea joyiga yetib kelgan O‘zbekiston chegarachilariga qoidabuzarlar qarshilik ko‘rsatgan.
O‘tkazilgan amaliyot natijasida O‘zbekiston davlat chegarasini buzganlarning barchasi (24 kishi) shaxsini aniqlash va tergov tadbirlari o‘tkazish uchun qo‘lga olingan.
Ular so‘roqqa tutilganida, chegarani buzib o‘tishdan maqsadlari O‘zbekiston chegara zonasida ko‘p miqdorda o‘suvchi qizilmiya o‘simligi ildizini noqonuniy olib ketish ekani ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda Payg‘ambar oroli hududi O‘zbekiston Chegara qo‘shinlarining to‘liq nazorati ostida, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter