O‘zbekiston 7 oyda 72,7 million dollarlik bug‘doy uni sotib oldi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga qiymati 72,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 227,8 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.
Bug‘doy uni importi hajmi, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 41,6 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyida O‘zbekiston bug‘doy unini asosan ikki davlatdan import qilgan:
- Qozog‘iston — 218,3 ming tonna
- Rossiya — 9,4 ming tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter