Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 2021-yilda benzin importini keskin oshirdi

O‘zbekiston 2021-yilda benzin importini keskin oshirdi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 115,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 308,4 mln. litr avtomobil benzini import qilingan.

Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112 mln. litrga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:
- Rossiya – 145,3 mln. litr
- Turkmaniston – 141,2 mln. litr
- Qozog‘iston – 16 mln. litr
- Iroq – 3,6 mln. litr
- Eron – 1,8 mln. litr

O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 1 mln. tonnadan ziyod avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring