O‘zbek yigiti Istanbulda daraksiz yo‘qolgani aytilmoqda
O‘zbekiston fuqarosi, 1992-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Himmatov Fatxullo Urin o‘g‘li qidirilmoqda.
2016-yilda Turkiya Respublikasiga ishlash maqsadida kelgan va shu kunga qadar Istanbul shahri Fotix tumanida joylashgan Kapalli Chorsu bozoridagi do‘konlarda sotuvchi bo‘lib ishlagan Himmatov Fatxullo oxirgi martda 2021-yil 3-mart kuni uyidagilari bilan gaplashgan.
U haqida biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan Istanbuldagi Bosh konsulxonaga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Istanbuldagi vakiliga +90 (212) 323-20-37 raqami orqali zudlik bilan xabar berishlari so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter