Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi shaxslardan biri ushlandi

Qidiruvdagi shaxslardan biri ushlandi

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida qidiruvdagi R.Umarov ushlandi.

«Befarq bo‘lmagan barcha fuqarolarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Gumon qilinuvchilar:

  1. 1990 yilda tug‘ilgan Abdullayev Akromjon Baxtiyorovich
  2. 1995 yilda tug‘ilgan Pattayev Toxirjon Xakimboy o‘g‘lining qidiruvi davom etmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslarni ko‘rsangiz yoki ular haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 98-364-02-03 telegram raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Toshkent shahar IIBB tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanib, tergovdan qochib yashiringan shaxslar qidirilayotgani e’lon qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring