O‘zbek Vikipediyasi Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi
Vikipediya — butun dunyoda insonlar o‘z bilimlarini o‘zaro bepul almashadigan platformadir. Bugungi kunda Vikipediya ham o‘zbek tilidagi maqolalar bilan boyib, jahon vikireytingida tobora yuqorilab bormoqda.
14–20-aprel kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Yoshlar oromgohi»da Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘zbek tilining jahon internet tarmog‘idagi nufuzini oshirishga qaratilgan «WikiOromgoh» loyihasi tashkillashtirilgan.
Oromgoh davomida ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan o‘zbekcha Vikipediyaga maqola kiritish ko‘nikmalari o‘rgatilmoqda hamda uni O‘zbekiston haqidagi maqolalar bilan boyitish ishlari amalga oshirilmoqda.
«WikiOromgoh» boshlangandan buyon o‘zbekcha Vikipediyada sezilari o‘sish yuz berdi.
Jumladan, oromgoh boshlangunga qadar Vikipediyada o‘zbek tilidagi maqolalar soni 224 317 tani tashkil yetgan bo‘lsa, dastlabki uch kunning o‘zida o‘sishlar soni qariyb 10 ming maqolaga yetib, 45-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi.
Bundan avval ushbu o‘rinni qozoqcha Vikipediya egallab turgandi. Ayni damda Vikipediyadagi o‘zbekcha maqolalar soni 233 mingga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter