Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkita so‘z 750 ming dollarga sotildi — «Vikipediya»

Ikkita so‘z 750 ming dollarga sotildi — «Vikipediya»

Uelsning «iMac» kompyuteri.

Foto: «Christie’s»

«Vikipediya» onlayn-ensiklopediyasida joylashtirilgan ilk yozuv — «Salom, dunyo!» (2001-yil) «Christie’s» auksionlar uyi tashkillashtirgan savdolarda NFT shaklida (o‘zaro almashilmaydigan token) $750 mingga sotildi.

Ushbu lot «Vikipediya» asoschisi Jimmi Uels tomonidan sotuvga qo‘yilgandi.

«Vikipediya»dagi ilk yozuv skrinshoti va unga havolalar, shuningdek, ensiklopediyaga asos solingandan beri to‘plangan ma’lumotlar bazasi va skriptlari token shakliga o‘tkazilgan. Kimoshdida, qolaversa, Uels 2000-yilda internetga ulangan va «Vikipediya»ni ishlab chiqishda qatnashgan «iMac» kompyuteri ham sotilgan. Bu kompyuter 187,5 ming dollarga baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring