O‘zbek tili korpusi yaratilyaptimi?
— Buyuk Britaniyada ingliz tili korpusi yaratilgan. Yana qanday til korpuslari mavjud? Yurtimizda o‘zbek tili korpusini yaratish ishlari qanday ketyapti?
Xadicha ZOKIROVA,
Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Savollarga tilshunos Baxtiyor Mengliyev javob berdi:
— Korpus yaratilishi bo‘yicha ingliz va rus tillari yetakchilik qiladi.
Korpus lingvistikasi so‘nggi o‘n yillikda jadal rivojlanayotgan sohaga aylandi. Chunki dunyo tili sanalgan ingliz, nemis, rus, xitoy, arab, ispan, fransuz tillarining milliy korpuslaridan tashqari, bu tillarning ko‘pida gazetalarning kompyuter korpusi, multimediali korpus, maxsus matnlar korpusi, og‘zaki va yozma korpus, umummilliy va mualliflik korpuslari ham yaratildi. Shuningdek, belarus, polyak, polyak-ukrain, chex, slovak milliy korpuslari, serb, xorvat, bosniya, bolgar, bolgar-rus, makedon, shotland, ivrit, niderland, niderland-fransuz, shved, dat, norveg, island, farer, o‘rta asr fransuz tili, ispan, italyan, portugal, rumin, litva, latish, grek, sharqiy arman, osetin, alban, hind, sigan, xett, fin, ural tillari, eston, veps, venger, udmurt, gruzin, ingliz-gruzin, lezgin, turk, tatar, boshqird, qrim-tatar, qalmiq, buryat, mo‘g‘ul, arab, amxar, yapon, qadimiy yapon, baman, tojik, esperanto tillari korpuslari ham mavjud.
Yurtimizda o‘zbek tili korpuslarini yaratish qoniqarli emas. Bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari o‘zbek korpus lingvistikasining nazariy asoslarini ishlab chiqish, namuna sifatida bir-ikki korpus lavhasi yaratish jarayoni bosqichida turibdi, xolos.
«Ma’rifat» gazetasi saytidan olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter