O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi
O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov vafot etdi.
N.Hamroqulov 1946-yilning 18-iyun kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1973-yilda Toshkent teatr va rasomlik san’ati instituti (hozirgi San’at va madaniyat instituti)ni tamomlagan. 1967- yildan Andijon teatrida, keyichalik viloyat filarmoniyasi kabi ijodiy jamoalarda faoliyat yuritgan. 1987-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.
Xonandaning repertuaridan «Samarqand ushshog‘i», «Toshkent irog‘i» kabi ko‘plab mumtoz qo‘shiqlardan tortib, «Olamni asrang», «Ra’no», «Soy ko‘rdim», «Shirinliging», «Kuldi bahorim», «Turnalar», «Ajab sirlar» kabi betakror qo‘shiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan.
2020-yilda «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter