O‘zbek OTMsi xorijdagi ilk fakultetini ochdi
Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida qo‘shma fakultetni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda ikki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati, mas’ul xodimlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Qo‘shma fakultetda nafaqat Tojikiston Respublikasi, balki boshqa xorijiy mamlakatlarnig fuqarolari ham o‘qishi mumkin. O‘qish xalqaro standartlarga muvofiq ingliz va rus tillarida olib boriladi.
Fakultetda kadrlar tayyorlash «bakalavriat» bosqichida «3+1» va «magistratura» mutaxassisliklarida «1+1» ikki tomonlama diplom dastur doirasida amalga oshiriladi va bitiruvchi talabalar Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti diplomlarini qo‘lga kiritadi.
Yakunda ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida turli loyihalarni o‘tkazishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti Xo‘jand shahrida joylashgan bo‘lib, 6 ta fakultet, 3 ta o‘quv korpusi va 11 ta o‘quv laboratoriyalarini o‘z ichiga oladi. Universitetda 388 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 148 nafar fan nomzodi va doktori faoliyat yuritadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter