O‘zbek ipagi asosan qaysi davlatlarga sotilayotgani aytildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatga qiymati 3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan.
Ipak va ipak mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 tonnaga oshgan.
Yanvarda O‘zbekiston ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
- Xitoy – 1,6 mln.
- Vetnam – 928 ming
- Hindiston – 170 ming
- Eron – 160 ming
- Turkiya – 104 ming
- BAA – 54 ming AQSh dollari
Yanvarda xorijga eng ko‘p ipak mahsulotlarini eksport hududlar:
— Qashqadaryo viloyati – 657 ming
— Andijon viloyati – 559 ming
— Namangan viloyati – 520 ming AQSh dollari
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter