O‘zbek filmi xalqaro kinofestivalda g‘olib bo‘ldi
Yolqin To‘ychiyevning «Evrilish» filmi XXVII Busan xalqaro kinofestivalining (27th BUSAN International Film Festival) «KIM Jiseok Award» nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
«Evrilish» filmi Afg‘oniston urushi haqida. Unda G‘arb qarashlari bo‘yicha yoritilgan xalqaro voqeliklar o‘zgacha rakursda ko‘rsatib berilgan.
Asar qahramoni Rustam – Afg‘oniston urushiga chaqirilgan o‘zbekistonlik sovet askari. Rejissyor tarixiy voqea va shaxs taqdiri o‘rtasidagi munosabatga alohida e’tibor beradi. Shuningdek, filmda Sovet Ittifoqining parchalanish tarixi, ulkan boylik orttirgan Rustam va uning tanishlari hayotidagi o‘zgarishlar hikoya qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter