Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek basketbolining afsonasi olamdan o‘tdi

O‘zbek basketbolining afsonasi olamdan o‘tdi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Bugun o‘zbek sportining afsonalaridan biri, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, basketbolchi Ravilya Nadjipovna Salimova 77 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ravilya Salimova 1941-yil 8-avgust kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida tavallud topgan. Basketbol bo‘yicha Sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibida 2 karra jahon chempioni, 4 karra Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ikki marta Butunjahon universiada o‘yinlarida oltin medallarga sazovor bo‘lgan.

Klubdagi faoliyati davomida nafaqat Sobiq Ittifoq, balki qator xorijiy jamoalardan taklif bo‘lsa-da, faqat Toshkentning «Mehnat» va SKIF jamoalari sharafini himoya qildi. Professional sportdagi faoliyatini yakunlagach, yurtimizdagi ko‘plab bolalar va o‘smirlar sport maktablarida o‘z mahoratini yoshlarga o‘rgatib keldi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Ravilya Salimovaning yaqinlari, oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring