Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjonda O‘zbekiston sovg‘asi sifatida qurilgan maktabda o‘qish boshlandi

Ozarbayjonda O‘zbekiston sovg‘asi sifatida qurilgan maktabda o‘qish boshlandi

Qorabog‘ning Fuzuliy tumanida 15-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlandi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan rasmiylar maktabda o‘quv yilining boshlanishi turk dunyosi qardoshligini namoyon etuvchi ramziy ma’noga ega ekanligini ta’kidladilar. Shuningdek, Qorabog‘ o‘lkasida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan maktab jamoasi samimiy qutlandi.

O‘z navbatida, Ozarbayjonning rasmiy, siyosiy va boshqa doiralari vakillari O‘zbekiston rahbariyatiga ikki qardosh xalq o‘rtasidagi haqiqiy do‘stlikning yorqin va ishonchli namunasi bo‘lgan ushbu bebaho sovg‘a uchun chuqur minnatdorlik bildirishdi.

Ochilish marosimidan so‘ng maktabda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi va o‘quvchilar uchun ilk dars mashg‘ulotlari boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalqi nomidan sovg‘a sifatida Fuzuliyda bunyod etilgan maktab 960 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan. Yangi o‘quv yilida maktabning 11 sinfida 160 nafar o‘quvchi tahsil oladi, professor o‘qituvchilar tarkibi 15 nafar o‘qituvchidan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring