Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon TIV mina portlashi yuzasidan bayonot berdi

Ozarbayjon TIV mina portlashi yuzasidan bayonot berdi

Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Armaniston bilan chegaradosh Gazax tumanida mina portlashi oqibatida bir kishi jabrlangani ortidan bayonot bilan chiqdi.

Boku xalqaro hamjamiyatni Ozarbayjonga qarshi «mina terrori»dan ko‘z yummaslikka undagan.

«Armaniston hali ham mina maydonlari xaritasini taqdim etishdan bosh tortmoqda, bu esa munosabatlarni normallashtirish va mamlakatning tinchlik jarayonidagi ishtirokiga ziddir», – deyiladi TIV bayonotida.

Qayd etilishicha, Ikkinchi Qorabog‘ urushi yakunlanganidan buyon minalardan Ozarbayjonning 381 nafar fuqarosi jabr ko‘rgan. Jumladan, 14 oktyabr kuni Gazax tumanida mina portlashi oqibatida Yolqin Sariyev ismli mahalliy fuqaro jarohatlangan.

Ishg‘oldan ozod etilgan Qorabog‘ mintaqasi va unga tutash hududlarda minglab mina joylashtirilgani aytiladi.

Boku Yerevandan minalarga doir aniq ma’lumotlar berilishini talab qilib kelmoqda.

Bir muddat oldin prezident Ilhom Aliyev Ozarbayjon dunyoning eng ko‘p mina qo‘yilgan davlatlari sirasiga kirishi, okkupatsiya davrida mamlakat hududiga bir milliondan ziyod mina joylashtirilganini aytgan edi.

Xalqaro mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, Ozarbayjonga minalarni tozalash masalasini hal etish uchun qariyb 30 yil va 25 milliard dollar mablag‘ kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring