Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon Qorabog‘da halok bo‘lgan harbiylar sonini ma’lum qildi

Ozarbayjon Qorabog‘da halok bo‘lgan harbiylar sonini ma’lum qildi

Foto: «Ria.ru»

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘dagi harbiy harakatlar paytida 2823 harbiy xizmatchi halok bo‘lganligi hamda bedarak ketgan 30 kishini qidirish ishlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berdi.

«Vatan urushida shahid ketgan hamda 28 dekabrgacha dafn etilgan Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlarining 2823 nafar harbiy xizmatchisining fotosuratlari, ismlari, familiyalari, tug‘ilgan sanalari va harbiy unvonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz... Bedarak ketgan 30 dan ziyod harbiy xizmatchini qidirish va shaxsi aniqlanmagan 50 dan ortiq shaxsni identifikatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda. Bu to‘g‘ridagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan jamoatchilikka yetkazib turiladi», — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

27-sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar qaytadan boshlandi. Boku va Yerevan harbiy holatni e’lon qilib, bir-birini tinch aholini o‘qqa tutishda aybladi. Mojaro avj olishi natijasida ikkala tomondan ham harbiylar va tinch aholi qurbon bo‘ldi.

10-noyabr kuni oqshom Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va RF prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni va harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqida qo‘shma bayonot imzoladi.

Unga ko‘ra, Boku va Yerevan egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtaydi, Tog‘li Qorabog‘ hududining bir qismi esa Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tadi. 20-noyabrda Agdam, 25-noyabrda Kelbejer, 1-dekabrda esa Lachin hududlari rasman Bokuga o‘tdi.

Bundan tashqari, hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring