Ozarbayjon BRIKSga kirish uchun rasman ariza topshirdi
Ozarbayjon BRIKSga a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi.
Ozarbayjon TIV rasmiy vakili mamlakat BRIKSga qo‘shilish uchun ariza topshirganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Report» mahalliy axborot agentligi.
Ozarbayjonning Rossiyadagi elchisi Polad Bulbul o‘g‘li avvalroq mamlakat BRIKSda ishtirok etishdan manfaatdor ekanini ma’lum qilgan edi.
Hozirda assotsiatsiyaga Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika respublikasi, Misr, Efiopiya, Eron va BAA kiradi.
Iyul oyida Malayziya BRIKSga kirish uchun ariza topshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter