Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oyoq kiyim ichida 30 000 AQSh dollari

Oyoq kiyim ichida 30 000 AQSh dollari

Foto: «Xabar.uz»

Buxorodagi  «Olot» chegara bojxona posti orqali katta miqdordagi AQSh dollarini oyoq kiyimi ichiga yashirib, uni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishga bo‘lgan uringan shaxs ushlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi axborot  xizmati Durdona Qayumova ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha,  Olot» chegara bojxona postiga piyoda sifatida kirib kelgan xorijiy davlat fuqarosi R.Ch. tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Dastlab, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida R.Ch.  5 000 AQSh dollari hamda 38 million so‘m miqdorda milliy valyutalarni taqdim etgan. Ushbu naqd pullar qayta hisob-kitob qilingan vaqtda esa  5 000 AQSh dollari, deya berilgan valyutalar aslida, 10 000 AQSh dollari, milliy valyutalar esa 38 million so‘m emas balki, 61 580 000 so‘m ekani aniqlangan.

Bu vaziyat fuqaroning bojxona nazoratini chetlab o‘tish maqsadi borligidan dalolat bergan va bojxona xodimlarining gumonlarini oshirgan.

Holatga oydinlik kiritish uchun bojxona ko‘rigi tayinlangan. Ko‘rik davomida R.Ch. yana 30 000 AQSh dollarini oyoq kiyimi ichidan va 10 000AQSh dollari yon cho‘ntaklaridan topilgan.

Hozirda fuqaroning xatti-harakati yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Jami 50 000 AQSh dollari va 61 580 000 so‘m miqdordagi milliy valyutalar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olingan.

Bojxona xodimining bildirishicha, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mgacha bo‘lgan naqd valyuta mablag‘larini ixtiyoriy tarzda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring