Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oyog‘ida mo‘yqalam tutgan Zuhra tanlovlarni zabt etmoqda

Oyog‘ida mo‘yqalam tutgan Zuhra tanlovlarni zabt etmoqda

Foto: «Zarnews.uz»

Bugun Zuhra Usmonova 18 yoshda. Payariq qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘quvchisi. U o‘tgan yili yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan «Yurt kelajagi» tanlovining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Toshkentda o‘tkazilgan «Yuksak ma’naviyatli avlod» tanlovining respublika bosqichida ham birinchi bo‘ldi.

«Zarnews.uz» saytida yozilishicha, Payariq tumanidagi Birlashuv mahallasida yashovchi Zuhra Usmonova shifokorlarning ehtiyotsiz muolajalari oqibatida bolalikdan ikkala qo‘li falaj bo‘lib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, bu Zuhraga rassomlikni tanlash uchun xalal bera olmagan.

To‘rt-besh yoshidan boshlab qog‘ozga yorqin ranglardagi turfa suratlarni muhrlagan.

– Hayotga umid va ishonchimni mustahkamlagan, jamiyatda o‘z o‘rnimni egallashimga ko‘maklashgan insonlardan behad minnatdorman, – deydi Zuhra Usmonova. – Ulardan biri Payariqdagi 17-son musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi O‘ktam Omonovdir. Ustozimning maslahat va yordami bilan men tasviriy san’atni kashf qila oldim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring