Oyni birinchi bo‘lib ikki marta aylanib chiqqan astronavt olamdan o‘tdi
«Apollon-11» ekipaji tarkibida Oyga ekspeditsiya qilgan amerikalik astronavtlardan biri Maykl Kollinz vafot etdi. Uning o‘limiga saraton kasalligi sabab bo‘ldi, deb yozadi «Unilad» nashri.
Kollinz 28-aprel kuni 90 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Maykl Kollinz «Apollon-11» kosmik kemasi ekipaj komandiri hamda uning bortida Nil Armstrong va Bazz Oldrin bilan birga uchinchi astronavt bo‘lgan. 1969-yil 20-iyulda ikki astronavt Yer sun’iy yo‘ldoshining yuzasiga ilk bor tushganda u Oy atrofidagi orbitada modulni boshqarishda davom etgan.
Kollinz 1966-yil iyul oyida «Jemini-10»da o‘zining birinchi kosmik parvozi paytida ochiq koinotga chiqqan uchinchi amerikalik (dunyodagi to‘rtinchi odam) va bu ishni ikki marta amalga oshirgan dunyodagi birinchi odamga aylandi. Shuningdek, u oy atrofini yolg‘iz o‘zi aylanib chiqqan astronavt Jon Yangdan («Apollon-10» komandiri) keyin ikkinchi odam hisoblanadi. «Apollon-17» missiyasida ishtirok etish va yana Oyga uchish imkoniyatiga qaramay, Amerika fuqarosi astronavt sifatida o‘z faoliyatini tugatishga qaror qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter