Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘yindan o‘t chiqdi: janjal markazida — «Call of Duty»

O‘yindan o‘t chiqdi: janjal markazida — «Call of Duty»

O‘yindan skrinshot

Amsterdam (Niderlandiya)dagi Conservatorium mehmonxonasi xo‘jayinlari «Call of Duty: Modern Warfare II» kompyuter o‘yini yaratuvchilarini sudga bermoqchi, deb xabar berdi PC Gamer.

O‘yinda mehmonxona lokatsiyalardan biri vazifasini bajargan.

Aniqrog‘i, «Call of Duty: Modern Warfare II»da Breenbergh Hotel nomi keltirilgan, biroq u tashqi va ichki ko‘rinishi bo‘yicha Conservatorium mehmonxonasining g‘irt nusxasi. Besh yulduzli mehmonxona egalarini norozi qilgan jihat — o‘yinda bu yer jangovar harakatlar yuz beradigan markazlardan biriga aylantirilgani.

«Biz zo‘ravonlikni qo‘llovchi har qanday o‘yinlarga qarshimiz. Bu o‘yin bizning qadriyatlarimizga ters, g‘ayriixtiyoriy ravishda uning ishtirokchisi bo‘lib qolganimizdan afsusdamiz», — dedi Conservatorium mehmonxonasi menejeri Roy Tomassen.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘yinni ishlab chiqqan Activision studiyasi mehmonxonani o‘yinga qo‘shishdan avval uning xo‘jayinlaridan ruxsat so‘ramagan. Endi masalani sud hal qiladi.

«Call of Duty: Modern Warfare II» (19-seriyasi) 2022-yilning 28-oktyabr kuni taqdim etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring