Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Oybek Shaxavdinov Budapeshtga tayinlanishidan oldin TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

46 yoshli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura), Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MDXMI) tarjimonlar tayyorlash kursini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Xorazm viloyatida boshlagan. 2004 yildan buyon TIV tizimida. Mehnat faoliyatini Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan, so‘ngra TIVning Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasida referentlikdan boshqarma boshlig‘i singari diplomatik xizmatning barcha bosqichlarini bosib o‘tgan. Shuningdek, O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida ishlagan.

Ingliz, rus va fransuz tillarini mukammal biladi.

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring