Oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko‘paydi
Prezident raisligidagi yig‘ilishda sanoatda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash va investitsiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha 2023-yil uchun rejalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda:
- qo‘shimcha 19 ta erkin iqtisodiy zona va 400 dan ziyod kichik sanoat zonasi tashkil etilib, ularning infratuzilmasiga 10 trillion so‘m yo‘naltirildi;
- to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, charm, farmatsevtika, elektrotexnika kabi sohalarni «drayver»ga aylantirish uchun 3 milliard dollarlik moliyaviy resurslar ajratildi;
- sanoatni zarur xom ashyo bilan ta’minlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlari 3 barobarga ko‘paytirilib, 600 tadan ziyod yangi kon aniqlandi.
Natijada, oxirgi besh yilda sanoat korxonalari soni 2 barobar ko‘payib, 100 mingtaga yetdi, ishlab chiqarish hajmi 1,4 baravarga ko‘paydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter