OTMlarda to‘lov-shartnomani bajarish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida o‘qish uchun to‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi. Unga ko‘ra talabalar 2018-2019 o‘quv yilining qolgan qismi uchun joriy yilning 15-apreligacha to‘lashi mumkin.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy kanali xabar qildi.
Avvalroq, ikinchi yarim yillikda kontrakt narxlarida o‘zgarishlar bo‘lgani xususida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter