Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlarda kontrakt narxining oshirilishi keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi

OTMlarda kontrakt narxining oshirilishi keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha Oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lov-kontrakt narxlari eng kam oylik ish haqiga bog‘langani va buning natijasida to‘lov-kontrakt narxlari o‘rtacha 18,5 foizga oshgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu qaror ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Yaqinda o‘tkazilgan blogerlar chempionati sovrindori bo‘lgan bloger Isroil Tillaboyev «Facebook»dagi sahifasida shunday post qoldirdi:

«Oliy Majlis deputatlarni taklifini oladimi?!

Savolim be’mani, to‘g‘rimi? Lekin bilasizmi, baribir kechadan buyon bu savolga javob topolmayapman, o‘sha shov-shuvli KONTRAKT (katta harfda yozavering, turishiga qarab) haqidagi qarordan keyin.

Gap shundaki, bahorda Oliy Majlis deputati Rashid Qodirov aynan kontrakt to‘lovi yangicha usulini Oliy Majlisga va «Facebook»dagi foydalanuvchilarga taqdim etgandi, deputatimiz taqdim etgan taklifida birinchidan kontrakt to‘lovlari avvalgidan yuqori bo‘lmaydi, ikkinchidan katta ball to‘plab lekin birinchilardan kontraktga tushib qolgan bilan eng oxirigi o‘rinda kontraktga ilingan bola bilimiga yarasha har hil kontrakt to‘lardi, uchinchidan davlatga yaxshi tarafi shunda ediki, bu usulda ilgarigi usuldan qanchadir milliard so‘m ko‘p pul ham tushardi, xalqqa ham, davlatga ham foydali taklif edi...

Afsuski, biz osongina yo‘lni tanlab qo‘yaqoldik, oyligimiz 80 ming oshadi, lekin evaziga kontraktimiz 800 ming oshadi, yilda 2 marta oylik oshishini hisobga olsak, yelkasi qavarib u kontraktdan bu kontraktgacha chiranib yashayotgan ota onalarimizning yanada achinarli ahvolini ko‘rish mumkin...

Xullas men bir savolga javob topolmay qiynalmoqdaman o‘rtoqlar — Oliy Majlis biz saylab qo‘ygan deputatlarimiz taklifini eshitadimi yoki ular qarsak chaluvchilar deb qaraladimi?!»

Shuningdek, ushbu masalaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Umirzoqov ham munosabat bildirdi.

Deputat Akmal Umirzoqov sahifasidan skrinshot

«O‘zgargan kontrakt, sendan bir o‘tinch, endi oshma. Oshsang shundoq ham 8 foiz talaba bo‘lgan 600 000 yoshlar o‘qishga qiynaladi. Seni o‘zi kim belgilaydi, belgilashda qaysi mezonlar inobatga olinadi-a? Oliy Majlisniyam oshirishdan oldin fikrini olmabsan-da. Oliy Majlisni fikrini nima qizig‘i bor aslida. Bitta KabMin qarori qonundanam ulug‘-ku.

Bu ilm degani anqoni urug‘i-yu, faqat saralanganlar tahsil oladimi? Maqsad puli borga tahsil olish imkonini berishmi?

O‘qimoqchimish, nima, dunyoni oberarmiding?!

O‘qigan anu qo‘shnini bolasimi?! Uchta diplomi bor, ikkitasini dunyoning TOP 100 universitetidan olgan. Hozir post yozib o‘tiribti. Ungayam qiyin», — deb yozib qoldirdi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring