Toshkentda OTMlarning o‘qituvchilari uchun ko‘pqavatli arzon uylar quriladi
Hukumatning tegishli hujjati bilan Toshkent shahar, Olmazor tumani Talabalar shaharchasida Oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi, murabbiy va ilmiy xodimlariga 2019–2020-yillarda 6 ta 9 qavatli arzon uylar qurilishi belgilandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Mazkur uylar uchun «Ipoteka-bank» ATIB tomonidan quyidagi shartlarda ipoteka krediti ajratiladi:
- kredit muddati 20 yil, boshlang‘ich badal 25 foiz va imtiyozli davr 1 yil;
- kreditning birinchi 5 yilida boshlang‘ich 7 foiz stavkasidan (banklarning 2 foiz marjasini hisobga olgan holda) qayta moliyalashtirish stavkasiga yetgungacha har yili bosqichma-bosqich proporsional oshirib boriladigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter