O‘tgan yili eng ko‘p shikoyat ta’lim sohasidan bo‘lgan – Aksilkorrupsiya agentligi
2023-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga jami 3 545 ta murojaat kelib tushgan.
Shikoyatlarning eng ko‘pi, ya’ni 511 tasi ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha, 406 tasi sud qarorlaridan noroziliklar, 301 tasi esa davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha murojaatlar bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Agentlik tomonidan davlat xaridlari, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish yo‘nalishlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan vazirlik va idoralarga 225 ta taqdimnoma, javobgarlik masalasini hal qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 227 ta so‘rovnoma yuborilgan.
Yuborilgan so‘rovnomalar asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 23 ta jinoyat ishi va 96 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atildi, 74 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter