OTB O‘zbekistondagi qishloq yo‘llarini yaxshilash uchun mablag‘ ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistondagi 700 kilometrlik qishloq yo‘llarini xavfsizroq va iqlim o‘zgarishiga chidamliroq qilish maqsadida transport aloqasini yaxshilash va qishloqlar rivojlanishiga ko‘maklashish uchun 240 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi.
OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukovning ma’lum qilishicha, xavfsiz, ishonchli va iqlimga chidamli qishloq yo‘llari orqali qishloq jamoalari va bozorlar hamda xizmatlar o‘rtasidagi aloqani saqlab qolish inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu loyiha esa hukumatning «Qishloq yo‘llari» dasturini boshlash uchun asosiy tashabbus hisoblanadi. Asosiy e’tibor 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mahalliy va xo‘jaliklararo qishloq yo‘llariga qaratiladi.
Natijada qishloq aholi punktlari va fermerlarga bozorlar, maktablar, sog‘liqni saqlash xizmatlari va tuman markazlariga har qanday ob-havo sharoitida borish imkoni yaratilishi qayd etilgan.
Shuningdek, Loyiha qishloq ayollariga barqaror qishloq xo‘jaligi va iqlim o‘zgarishiga chidamli amaliyotlarni o‘rgatish orqali ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Bu orqali bozorlarga kirish imkoniyati oshirilib, iqtisodiy imkoniyatlarning yaxshilanishidan foyda olish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, Loyiha 2030 yilgacha bo‘lgan Qishloq yo‘llarini rivojlatirish milliy strategiyasi va 2035 yilgacha bo‘lgan Qishloq yo‘llari strategiyasiga muvofiq bo‘lib, hukumatning Qishloq yo‘llarini rivojlantirish dasturini oldinga siljitish imkonini berishi ta’kidlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter