Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga 100 mln dollar qarz beradi

OTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga 100 mln dollar qarz beradi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 million AQSh dollari miqdorida siyosat choralariga asoslangan qarz  ajratilishini ma’qulladi. 

Qayd etilishicha, OTBning Kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish dasturi xususiy sektorni rivojlantirishga asoslangan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hamda kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy zarbalarga chidamliligini oshirish uchun ularning faoliyat muhitini yaxshilashga yordam beradi. Bu dastur doirasidagi ikkinchi kichik dastur bo‘lib, birinchi kichik dastur doirasida Hukumat tomonidan amalga oshirilgan siyosat, tartibga solish va institutsional islohotlarga asoslanadi. 

«Dastur OTBning O‘zbekistondagi kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli navbatdagi qadamidir. Mamlakat davlat iqtisodiyotidan umumiy makroiqtisodiy yondashuvga asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishni davom etar ekan, kichik va o‘rta korxonalar diversifikatsiyalangan iqtisodiy o‘sishni, samaradorlikni va qo‘shimcha qiymatga ega rasmiy bandlikni jadallashtirishda muhim rol o‘ynaydi», – deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.

Dastur, shu bilan birga, biznes yuritish xarajatlarini oshiradigan va ayollar biznesiga nomutanosib ta’sir ko‘rsatadigan tartibga solish va ma’muriy yuklarni yengillashtirishga yordam beradi. Bu eksport mahsulotlari va bozorlarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish orqali kichik va o‘rta korxonalarning savdo raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, bozor talablariga javob beradigan ko‘nikmalarni, ayniqsa, ayollar va yoshlarning bunday ko‘nikmalarini ish bilan ta’minlanishi imkoniyalarini oshirish uchun rivojlantirishga yordam beradi.  

Eslatib щtamiz, O‘zbekiston OTBga 1995-yilda a’zo bo‘lgan.  O‘shandan beri bank mamlakatga 10,8 mlrd AQSh dollari miqdorida qarz, grant va texnik ko‘mak taqdim etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring