«Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi» ko‘rsatuvi boshlovchisi vafot etdi

Adabiyotshunos olim, usta sozgar, hattot, filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘xtamurod ota Zufarov bugun, 6 oktyabr kuni 84 yoshida olamdan o‘tdi.
To‘xtamurod ota Zufarov so‘nggi yillarda «Mahalla» telekanali tomonidan efirga uzatib kelinayotgan «Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi», «Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi» pochtasidan» ko‘rsatuvlaridagi pandu nasihatlari orqali ham xalqimiz ko‘nglidan chuqur joy olgandi.
1936 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan To‘xtamurod ota Zufarov serqirra faoliyati davomida adabiyotshunoslik, xattotlik va musiqa madaniyatimizga oid boy meros qoldirib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter