Otabek Umarov O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbari bo‘ldi
O‘rta Osiyo mamlakatlari bo‘yicha yangi xalqaro tashkilot – O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun 9 fevral kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-sulton shahrida Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi (IMMAF) kengashining navbatdagi yig‘ilishi yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan.
Unda O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi tuzilib, uning rahbari etib O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov tayinlangan. Shuningdek, xalqaro tashkilotning vitse-prezidenti lavozimlariga Iskander Karim va Valixan Ten tayinlangan.
O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov yangi tuzilgan konfederatsiya prezidenti etib tayinlandi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter